Maktabgacha taʼlim jurnali
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu

Журналнинг асосий мақсади – мактабгача таълим йўналиши тадқиқотчиларнинг фундаментал ва амалий жиҳатдан муҳим илмий ютуқларини акс эттириш орқали мактабгача таълим йўналишидаги фанлар ривожига кўмаклашиш.

Журнал ўзбек, рус ва инглиз тилларида мақолалар нашр этади.
Джизакский государственный педагогический институтuz-UZ@cyrillicMaktabgacha taʼlim jurnaliMAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA MANTIQIY TAFAKKURNI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI.
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10422

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning mantiqiy tafakkurini takomillashtirish uchun qo‘llaniladigan psixologik usullar ko‘rib chiqiladi. Mantiqiy tafakkur - bolalarning dunyoqarashi, muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada bolalarning tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘yinlar, mashqlar, didaktik materiallar va interaktiv metodlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalar mantiqiy tafakkurining turli aspektlari, shuningdek, psixologik yordam va pedagogik metodlar orqali uning rivojlanishiga qanday erishish mumkinligi muhokama qilinadi. Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik asosi, usullari va metodlariga oid ilmiy tadqiqotlar va amaliy maslahatlar taklif etadi.
Nasiba Sodikova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-182024-12-181Maktabgacha ta'limTA’LIM MUASSASALARIDA SOG‘LOM VA IMKONIYATI CHEKLANGAN YOSHLAR O‘ZARO MULOQOTINING IJTIMOIY PERTSEPTSIYASI.
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10368

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida sog‘lom va imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotining ijtimoiy-psixologik pertsepsiyasi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning ahamiyati va bu jarayonda shakllanadigan o‘zaro munosabatlar ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida ko‘riladi. Pertsepsiya-yoshlarning bir-birini qanday qabul qilishi va baholashi – jamiyatdagi tenglik, bag‘rikenglik va empatiya kabi ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Mahliyo Ollomberganova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-082024-12-081Maktabgacha ta'limINKLYUZIV TA'LIMNI QO‘LLAB-QUVVATLOVCHI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10364

Ushbu maqola inklyuziv ta'limni qo‘llab-quvvatlovchi innovatsion texnologiyalarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada inklyuziv ta'limni rivojlantirishda texnologiyaning o‘rni va ahamiyati, maxsus ehtiyojli o‘quvchilarga ta'lim berishda foydalaniladigan zamonaviy texnologik vositalar va metodlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim muassasalarida o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashning samarali usullari va ilg‘or tajribalar tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida inklyuziv ta'limni texnologiyalar yordamida yanada samarali rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Barchinoy O’ktamova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-072024-12-071Maktabgacha ta'limINKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALAR BILAN ISHLASH
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10362

Maqolada mamlakatimizda inklyuziv ta’lim tizimini yuksaltirish mexanizmlari va pedagoglarning ushbu sohada kasbiy kompetentligini puxta egallash muammolari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimida alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning о‘ziga xos xususiyatlari xorijiy mamlakatlar misolida ham yoritib berilgan.
Dinara Mameshova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-072024-12-071Maktabgacha ta'limMAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK RIVOJLANISH INTELLEKTUAL QOBILIYATLAR TA’LIM MODULI SIFATIDA.
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10305

Maqolada.Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik maʼlumotlar va ushbu fanga oid yangicha , inavatsiyon gʻoyalarni singdirish haqida maʼlumot berib oʻtilgan.
Muhayyo Maxmudova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-042024-12-041Maktabgacha ta'limMAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA STEAM IJODKORLIGI VA MUHANDISLIK KOʼNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10298

Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlik, muhandislik va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun STEAM yondashuvi tobora keng qo‘llanilmoqda. STEAM yondashuvi bolalarda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muammoni hal qilish qobiliyati va jamoada ishlash kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ushbu maqolada Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM ijodkorligi va muhandislik koʼnikmalarini rivojlantirish tahlil qilinadi.
Nozima Tojiyeva
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-032024-12-031Maktabgacha ta'limSTEAM TAʼLIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TAʼLIMDA QOʻLLASHNING MEʼYORIY USLUBIY ASOSLARI
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10296

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda bolalarni eski usulda oʻqitish unchalik katta samara bermasligi mumkin. Taʼlim jarayonlarini fan, texnologiya, muhandislik , sanʼat va matematika uygʻunligida tashkil qilish, oʻquvchilarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bogʻlaydi va jahon bozorida raqobatbardosh boʻlish uchun muhim koʻnikmalarni rivojlantiradi. Ushbu maqolada STEAM taʼlim texnologiyasini maktabgacha taʼlimda qoʻllashning meʼyoriy uslubiy asoslari tahlil qilinadi.
SEVINCH ALIQULOVA
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-022024-12-021Maktabgacha ta'limROBOTOTEXNIKA STEAM TAʼLIM MODELI SIFATIDA
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10286

mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida robototexnika Steam ta’limini tashkil etilishi va texnik ijodkorlikni rivojlantirishning yangi vazifalari haqida yoritilgan.
Umida Abduahadova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-022024-12-021Maktabgacha ta'lim22ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJI BOʻLGAN BOLALAR OʻQITILADIGAN TA’LIM MUASSASALARINI ZARUR ADABIYOTLAR, METODIKA QOʻLLANMALAR VA TURLI KASBLARGA OʻQITISH UCHUN USKUNA VA JIHOZLAR BILAN TA’MINLASHGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR.
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10369

Bugungi kunda mamlakatimizda inklyuziv ta’limga boʻlgan talab tobora ortib bormoqda. Shu sababli ushbu maqolamda eshitishida, ko‘rishida,aqliy va psixik rivojlanishida, nutqida, tayanch-harakat a’zolarida,autistik sohasida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, hamda ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish jarayonida amalga oshirilishi shart boʻlgan va davr talabiga mos pedagogik-psixologik hamda tibbiy -texnologik chora-tadbirlar haqida soʻz boradi. Bundan tashqari bunday turdagi bolalar uchun zarur boʻlgan kerakli adabiyotlar va oʻquv qoʻllanmalarini tashkil qilish qoidalariga bagʻishlangan.
Shahnoza Davlatova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-092024-12-091Maktabgacha ta'limINKLYUZIV TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT SIYOSATINING O‘RNI
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10366

Ushbu ilmiy maqola inklyuziv ta'limni rivojlantirishda davlat siyosatining o‘rni va strategiyalarini tahlil qiladi. Maqolada inklyuziv ta'limning jamiyatdagi o‘rni va uning davlat siyosati bilan aloqasi, shu bilan birga, inklyuziv ta'limni rivojlantirishdagi xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning bu boradagi islohotlari ko‘rib chiqilgan. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan qonuniy va amaliy chora-tadbirlar inklyuziv ta'limni kengaytirish va maxsus ehtiyojli bolalar uchun teng ta'lim imkoniyatlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, shuningdek, inklyuziv ta'limni rivojlantirishdagi mavjud muammolar va ularni hal qilish uchun zarur strategiyalar taklif etilgan.
Shahzoda Xaitboyeva
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-072024-12-071Maktabgacha ta'limSIL VA ENDOKRIN KASALLIKLARI HAQIDA TUSHUNCHA
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10363

Ushbu maqolada endokrin tizimi va uning kasalliklari, xususan, sil bezi kasalliklari haqida keng qamrovli tushuncha beriladi. Endokrin tizimining strukturalari, gormonlar ishlab chiqarish va ularning organizmdagi turli jarayonlarni boshqarishdagi roli batafsil ko‘rib chiqiladi. Sil bezi gormonlari, nodullari va saraton kabi asosiy patologik holatlar haqida tahlillar keltirilgan. Shuningdek, endokrin kasalliklarni tashxislash va davolash usullari, zamonaviy innovatsiyalar, profilaktika, genetik omillar va hayot tarzining ahamiyati muhokama qilinadi. Ushbu maqola endokrinologiya sohasidagi tadqiqotlarga qiziqqan o‘quvchilar va sog‘lom hayot tarzi bilan shug‘ullanuvchilar uchun foydali ma'lumotlar taqdim etadi.
Sarvinoz Shodmonova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-072024-12-071Maktabgacha ta'limTRAVMATOLOGIK KASALLIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10306

Mazkur maqolada travmatologik kasalliklarning turlari, sabablar, belgilari, diagnostika usullari, davolash yondashuvlari va profilaktika choralari batafsil tahlil qilinadi. Travmatologiya tibbiyotning muhim sohalaridan bo‘lib, inson organizmiga mexanik ta'sirlar va ularning natijasida yuzaga keladigan kasalliklar, jarohatlar va ularning davolash usullari bilan shug‘ullanadi. Ushbu maqolada travmatologik kasalliklar haqida umumiy tushuncha berilgan bo‘lib, har bir turi uchun alohida diagnostika va davolash metodlari ko‘rsatilgan. Travmatologik kasalliklarni davolashda zamonaviy tibbiy texnologiyalar, jarrohlik usullar va reabilitatsiya choralari muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, travmatologik kasalliklar bilan bog‘liq profilaktika choralariga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Nilufar Egamqulova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-052024-12-051Maktabgacha ta'limBOLALARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA IJODIY FAOLIYATNING AHAMIYATI.
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10303

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy faoliyatga o’rgatishning ahamiyati to’g’risida fikr yurutilgan.
Ruxshona Musurmonova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-032024-12-031Maktabgacha ta'limMAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING MAZMUN VA MOHIYATI
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10297

Ushbu maqola Maktabgacha ta’limda STEAM ta'lim texnologiyasining mazmun va mohiyati zarurati, ahamiyati, samaradorligi haqida ma'lumot beradi. STEAM ta’lim texnologiyasi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga dunyoni tizimli ravishda o‘rganishga, atrofda ro‘y berayotgan jarayonlarni mantiqiy mushohada qilishga, ulardagi o‘zaro aloqani anglab yetishga o‘zi uchun yangi, noodatiy va qiziqarli narsalarni kashf qilishga imkon beradi.STEAM ta‘lim texnalogiyasi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi.
Gulmira Xatamova
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-022024-12-021Maktabgacha ta'limMAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA STEAM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FAOLIYATNI TASHKIL ETISH
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10291

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda STEAM texnologiyalari asosida faoliyatni tashkil etish to’g’risida fikr yuritilgan.
Manzura Keldiyeva
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-12-022024-12-021Maktabgacha ta'limSPORT TAShKILOTLARIDA RAHBARLIK VA BOShQARISh
https://fll.jdpu.uz/index.php/presedu/article/view/10280

Ushbu maqolada, hozirda sport tashkilotlarida rahbarlik qilishda nima larga e’tibor qaratishlari, zamonaviy rahbarlar qanday bo‘lishi, sport tashkilotlarini samarali boshqarishda rahbarlikning ahamiyati haqida yoritib berilgan
Farxod Xoliqov
Copyright (c) 2024 Maktabgacha taʼlim jurnali
2024-11-262024-11-261Maktabgacha ta'lim